Hayotda yaxşi nom qoldiriş har bir insonning öziga boğliq. Paxtaçi tumanida yaşovçi Şermuhammad Akbarov (ism-familiyalar özgartirilgan) ham uç nafar guldek farzandning otasi, bir oilaning boşliği edi. Ammo u halol pul topiş örniga, muqaddam ikki marta sudlangan bölişiga qaramasdan yana jinoyat köçasiga kirdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Şermuhammad tumandagi fermer xöjaliklaridan birida jazoning qolgan muddatini ötaş uçun işlab yurgan kezlarida buxorolik Şavkat ismli yigit bilan döst tutindi.
Tez til topişgan ulfatlarning bir galgi suhbati naşaga borib taqaldi.
- Biroz topib berişim mumkin. Yaxşi tanişim bor, şu işlar bilan şuğullanadi, - dedi Şermuhammad işonç bilan.
- Bir yordam qiling, pulini berardim, - deya Şavkat Şermuhammadni qizdirdi.
Şundan keyin Şermuhammad eski tanişi Nasriddin Akmalovni izlab topdi.
- Bilasiz, şu “savil”ni qanday azob bilan parvarişladim. Qayişfuruş qişloğidagi dalamga ekib, öğri muşukdek payt poyladim umid bilan, - deya Nasriddin gapni uzoqdan boşladi.
- Narxingizni ayting? – dedi Şermuhammad gapni qisqa qilib.
- Uç million söm böladi.
- Sotgandan söng bizni “nasiba”ni ham berasiz, - deya öz uluşini qistirib ötdi Şermuhammad.
- 250 ming sömi sizniki, “tovar”ni ötkazsangiz böldi, - dedi Nasriddin tanişi bilan xayrlaşar ekan.
Tarkibida giyohvand modda mavjud bölgan naşani pullab, foyda körişni közlagan kimsalar heç narsadan tap tortmas edilar. Biroq, “tovar” “xaridor”igaça yetib bormadi...
Jinoyat işlari böyiça Qorovulbozor tuman sudining hukmiga binoan Ş.Akbarov 7 yilu uç oyga, N.Akmalov esa 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.











