2017 yilning 1 noyabr holatiga Özbekiston Respublikasida oliy harbiy bilim yurtlaridan taşqari 72 ta oliy ta'lim muassasasi va 19 ta filiallar mavjud bölib, ularning tarkibida 4 ta akademiya, 7 ta xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallari, 27 ta universitetlar va 4 ta oliy diniy ta'lim muassasa hamda filiallari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar berdi.

Oliy ta'lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma'lumotlarga asosan, 2017/2018-öquv yili boşiga bakalavriat bosqiçiga jami 80822 nafar, şu jumladan 18439 nafari davlat grantlari asosida, 62383 nafar yoşlar esa şartnoma asosida talabalikka qabul qilingan.

2017/2018-öquv yili boşida qabul qilingan talabalarning 71838 nafari kunduzgi, 8984 nafari 20 ta oliy ta'lim muassasasi va 1 ta filialda taşkil etilgan sirtqi kurslarda ta'lim olayotgan bölib, sirtqi kurslarga qabul qilinganlarning 77,8 foizini qizlar taşkil etadi. Ma'lumot uçun, 2016/2017 öquv yilida jami 110 nafar talaba sirtqi kurslarga qabul qilingan.