Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Içki işlar organlarining jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-2898-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan, şuningdek sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qiliş, konstitutsiyaviy prinsiplarga sözsiz va oğişmay ta'minlaş maqsadida, dunyo tajribasi va xalqaro standartlarga tayanib, YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida söroq jarayonini stenografiya qiliş, videokuzatuv, şuningdek tergov harakatlarini audio- va video qayd etiş tizimlari bilan jihozlangan maxsus xona taşkil etildi. 

Bu kabi maxsus xonalarning taşkil etilişi, fuqarolarning, xususan voyaga yetmagan jabrlanuvçi va guvohlarni huquqi va erkinliklarini sudga qadar iş yurituvda himoya qilişni kuçaytiradi, oğir va öta oğir jinoyatlarni foş va tergov qiliş samaradorligini oşiradi.

«Biz sudga qadar iş yurituv bosqiçida tergov harakatlarida iştirok etayotgan voyaga yetmaganlar özlarini yöqotib qöyişlari yoki ruhan qiynalişlariga yöl qöya olmaymiz», – dedi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari Akramxon Boboxonov.

«Mazkur maxsus xonalarda oğir va öta oğir jinoyat sodir etgan şaxslar hamda voyaga yetmaganlarni söroq qiliş, tanib oliş, yuzlaştiriş, masofadan turib videokonferentsaloqa vositasi yordamida tergov harakatlari ötkaziladi.

Şuni alohida ta'kidlaş joizki, bu kabi maxsus xonalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli kafolatlarini ta'minlaş, ularning şa'ni va kadr-qimmati kamsitilişiga, qonuniy manfaatlari çeklanişiga yöl qöymaslik, tergov qiliş jarayonida dalillarni töplaş va mustahkamlaşda dalillar maqbulligi talablariga oğişmay va qat'iy rioya qiliş, şuningdek jinoyat protsessi iştirokçilariga nisbatan qiynoqqa soliş, psixologik va jismoniy tazyiq va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoxud kadr-qimmatni kamsituvçi muomala turlari kabi noqonuniy usullarni qöllaşni bartaraf etişga xizmat qiladi». 

«Jinoyat natijasidagi ruhiy jarohatlar voyaga yetmaganlarga jiddiy ta'sir körsatib, ularning ösişi va rivojlanişida salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin», – dedi YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann. «Sudgaça iş yurituv jarayonida voyaga yetmagan jabrlanuvçi yoki guvohlarning himoya qiliş çoralarini körilişi juda muhimdir. Bu ularning normal hayotiga imkon qadar tezroq qaytişlariga yordam beradi».

«Bu kabi çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun YUNISEF Özbekistondagi barça huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan kelgusida hamkorlik qilişga tayyor», – deya qöşimça qildi Saşa Graumann.