Airspace Experience Technologies (AirSpaceX) kompaniyasi Detroytdagi avtosalonda vertikal parvoz va qönişni amalga oşiruvçi avtonom havo taksisining kiçik nusxasini namoyiş qildi. Bu taksi soatiga 400 kilometr tezlikda ikki yölovçini taşişga möljallangan. New Atlas şu haqidagi xabari bilan bölişdi.
Detroit Aircraft Corporation (DAC) bölimi tomonidan işlab çiqilgan Mobi-One apparati yer usti şahar transportining ekologik sof va şovqinsiz muqobili bölişi kerak. Uning asosida iqtisodiy jihatdan foydali mahsulotni işlab çiqarişni ta'minlovçi "bejirim avtomobil dizayni va seriyali işlab çiqariş texnologiyasi" yotadi.
Mobi-One uçar taksi tört elektromotorda havoga kötariladi va bu işni vertolyotga nisbatan ança şovqinsiz bajaradi. U 200 kğgaça yuk taşişga möljallangan. Uning kreyserlik tezligi - 241 km/s, akkumulyatorning bir martalik zaryadida parvozning uzoqligi - 104 km'ni taşkil qiladi.
Uçar qurilma aviatsion elektron jihozlardan taşqari, keng tarmoqli internet aloqa, töqnaşuvlarning oldini oluvçi V2X tizimi va xavfsizlikni ta'minlovçi boşqa vositalar bilan ta'minlangan. Mobi-One'dan yölovçi va yuklarni taşişdan taşqari, jabrlanganlar yoki bemorlarni favqulodda evakuatsiya qiliş, razvedka yoki ilmiy tadqiqotlarga doir ma'lumotlarni töplaşda foydalaniş mumkin.
Mobi-One uçar taksilarini işlab çiqarişda Ford GT 2005 va 2006 boş konstruktori Kamilo Pardo iştirok etadi. Töliq hajmli versiya tez orada AQŞ Federal Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi sertifikatsiyasidan ötişi kerak.
"Bizning maqsadimiz — 2026 yilga borib 50 yirik şaharda 2500 uçar apparatdan iborat flotni yölga qöyiş, - deya ma'lum qiladi AirSpaceX tijorat direktori Jyey-Pi Yorro. - MOBi rivojlaniş dasturi kapital siğimli böladi, biroq havo transporti xizmat turi sifatida iqtisodiyotga milliardlar keltirişi mumkin".
Yaqinda Las-Vegasda bölib ötgan CES körgazmasida Germaniyaning Volocopter kompaniyasi VC200 aerotaksisini namoyiş etdi. U özining 18 vinti bilan köproq vertolyotni yodga soladi. Bunday uçar taksilar 2021 yildan boşlab Dubay aholisi va mehmonlarini taşiy boşlaydi.

















