«Real» prezidenti Florentino Peres, BBC hujumçilar uçligi - Karim Benzema, Garet Beyl va Kriştianu Ronaldu öyinidan xafsalasi pir bölgan.
Marca xabariga köra, mulozim transfer bozorini portlatib, bu futbolçilar örniga «PSJ», «Çelsi» va «Bavariya» yetakçilari - Neymar, Eden Azar va Robert Levandovskini xarid qilgan holda, NHL uçligini taşkil qilmoqçi.
Ma'lumki, bu futbolçilar joriy mavsumda 50ta gol urib, 24ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Peresning asosiy transfer maqsadi braziliyalik Neymar bölib turibdi. U 2018 yil yozidayoq «Santyago Bernabeu»ga köçib ötişi mumkin.












