Yaqin Şarq mintaqasi mamlakatlarining “arab bahori” natijasidagi yöqotişlari 900 mlrd dollarni taşkil etadi. Bu haqda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy Qohiradagi forumda ma'lum qildi.

"Arab xalqlariga 2011 yildagi “arab bahori” va undan keyingi inqiloblar tufayli yetkazilgan zarar 900 mlrd dollarni taşkil etadi", - deya ta'kidlab ötgan Misr rahbari. As-Sisiyning sözlariga köra, uruşlar, içki mojarolar va inqiloblar sababli mintaqada bu davrda 1,4 mln kişi halok böldi, yana 15 mln inson qoçqinga aylandi.

Şu bilan birga, as-Sisiyning qayd etişiça, Misrda 2013 yilning iyulidan beri vaziyat barqarorlaşmoqda. Öşanda amaldagi prezident, “Musulmon birodarlar” harakati tomonidan qöllab-quvvatlangan Muhammad Mursiy harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgandi. Ötgan 4 yil davomida, Misr yetakçisi ma'lumotlariga köra, işlab çiqarişning turli sohalarida 11 mingta korxona qurildi, inflyatsiya 35 foizdan 22 foizga qisqardi, mamlakat iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy sarmoyalar hajmi esa 2014 yildan örtalaridan beri 100 mlrd Misr funtini (taxminan 5,7 mlrd dollar) taşkil etdi. As-Sisiyning ta'kidlaşiça, 2016 yilning sentabridan Yevropaga Misr hududidan noqonuniy migratsiya butunlay töxtatildi.