Şimoliy Koreyada taxminan 20ta jangovar kallak bölişi mumkin. Şu bilan birga, Pxenyan yana 60ta jangovar kallakni işlab çiqariş uçun materiallarga ega bölişi ehtimolga yaqin. Bu haqda RIA «Novosti» amerikalik olimlar Gans Kristensen va Robert Norrisning «Yadroçi-olimlar byulleteni» jurnalidagi maqolasiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Oçiq ma'lumotlarga asoslanib, biz Şimoliy Koreya radioaktiv material işlab çiqargan bölişi mumkin jangovar kallaklar sonini 30-60taga baholaymiz. U 10 dan 20 ga qadar jangovar kallakni tayyorlab qöygan bölişi ehtimolga yaqin. Şimoliy Koreyada «Nodon» kabi kiçik masofadagi raketalar uçun yadroviy kallaklar ham bölişi mumkin», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, KXDRda atmosferaga takroran çiqişni amalga oşiriş imkoniyati bor yoki yöqligi noma'lum, bu «qit'alararo ballistik raketa radiusida harakatlarga tayyor yadroviy jangovar kallak tayyor ekanini körsatib beriş» uçun qilinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR AQŞ, Rossiya va Xitoy örtasida mojaro yuzaga keltirmoqçi ekani ma'lum qilingandi.












