Qozoğistonda yölovçi avtobusi yonib ketişi oqibatida kamida 52 kişi halok böldi. Bu haqda respublika IIV qoşidagi favqulodda vaziyatlar böyiça bölim ma'lumot berdi.

Hodisa Aqtöbe viloyati Irgiz tumani hududida, Samara — Çimkent trassasida röy bergan. Avtobus yölda yona boşlagan. Salonda 55 yölovçi va 2 haydovçi bor edi. 52 kişi voqea joyida halok bölgan.

«Yölovçilarning fuqaroligi aniqlanmoqda», — deya qayd etilgan vazirlik xabarida.

Mahalliy OAV xabariga köra esa, halok bölganlarning barçasi özbekistonliklar.

Hozirça hodisaning boşqa tafsilotlari ma'lum emas.