Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida yölovçi avtobusi yonib ketişidan 5 kişi omon qolgan. Viloyat gubernatori Serik Tulenbergenovning ma'lumot berişiça, ularning jarohati oğir emas.

«52 kişi halok bölgan, 5 kişi yengil darajadagi kuyiş jarohatlari olgan», — deya Tulenbergenovning sözlarini keltirgan Sputnik Kazaxstan agentligi.

Aniqlik kiritilişiça, avtobusda jami 57 kişi bölgan, ularning 54 nafari Özbekiston fuqarolari edi, qolgan 3 kişi — qozoğistonliklar.

Omon qolganlar röyxati:
Pernebekov Maksat (1985 yil tuğilgan, Qozoğiston fuqarosi);
Qirğizboyev Nurjon (1968 yilda tuğilgan, Qozoğiston fuqarosi);
Barat Tanatarov (1978 yilda tuğilgan, Qozoğiston fuqarosi);
Mirzahmedov Isroiljon (1980 yilda tuğilgan, Özbekiston fuqarosi);
Isoqov Ahror (1988 yilda tuğilgan, Özbekiston fuqarosi).

Bundan avvalgi xabarlarda Çimkent-Samara yönalişida, Aqtöbe viloyatining Irgiz tumani hududida avtobus yonib ketişi oqibatida halok bölganlarning barçasi özbekistonliklar bölgani aytilgandi.