AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilişiça, Rossiya KXDRga qarşi barça sanksiyalarni qöllayotgani yöq. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Bizga şunisi aniqki, ular barça sanksiyalarni qöllayotgani yöq hamda ba'zi sanksiyalardan çetlab ötiş yöllariga ega ekanliklari haqida aniq dalillar bor», - deya ma'lum qildi Tillerson.
Uning sözlariga köra, Rossiya birinçi navbatda yoqilği yetkazib beriş böyiça sanksiyalarga rioya etayotgani yöq, biroq bu boşqa sohalarga ham tegişli bölmoqda.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya Şimoliy Koreya masalasini hal qilişda umuman yordam bermayotgani haqida aytib ötgandi. Uning sözlariga qaraganda, Moskva Pxenyanga BMT sanksiyalaridan qoçişda kömak bermoqda.












