Nyu-Yorkdagi terakt ijroçisi Sayfullo Saipovning advokatlari tergovga sudlanuvçiga ölim jazosidan qutulib qolişga imkon beruvçi bitimni taklif qilişdi. Bu haqda sud hujjatlarida aytilgan.

“Ayblovçi tomonning ölim jazosi berilişini talab qilmasligi omma va jabrlanuvçilarga 2017 yil 31 oktabrdagi dahşatli voqealarga takror qaytiş zaruratisiz işni zudlik bilan yakunlaşga imkon berardi”, deb aytilgan himoya tomonining iltimosnomasida. Ayblov tomon Soipovga ölim jazosi berilişini talab qilişi böyiça hozirça bir qarorga kelmagan, bu borada boş prokuror Jyeff Seşnsning qarori kutilmoqda.

31 oktabrda Nyu-Yorkning Manxetten tumanida Soipov yuk maşinasida velosiped yölkasiga çiqib, yölida uçragan velosipedçilarni bosib, maktab avtobusiga borib urilmagunça, bir neça köça yurib ötgan. Hujum oqibatida 8 kişi halok bölgan, 12 kişi yaralangan. Gumonlanuvçi qölga olinib, jarohat olgani sabab şifoxonaga yetkazilgan.

2017 yil noyabr oxirida Soipov Nyu-York federal sudiga olib kelingan, biroq u öz aybini tan olmagan. Unga umumiy hisobda 8 ta qotillik, 12 ta qotillikka uriniş, IŞID terrorçilik guruhiga kömak beriş va bunga uriniş, zöravonlik va transport vositasiga şikast yetkaziş ayblovlari qöyilmoqda.