Oq uy apparati rahbari Jon Kellining Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Meksika bilan çegarada devor quriş AQŞga taxminan 20 mlrd dollarga tuşadi.
Uning ta'kidlaşiça, Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp devor quriş va buning uçun Meksikadan mablağ oliş böyiça ğoyasidan voz keçgani yöq. Biroq, Kellining sözlariga köra, devor uçun pullar Meksika hukumatidan töğridan-töğri olinmasligi mumkin. Tramp ayni damda pullarni NAFTA yoki viza tölovlari orqali oliş variantini körib çiqmoqda.
Avvalroq, Tramp ma'muriyati Meksika bilan çegarada devor qurişning dastlabki bosqiçi uçun kongressdan 18 mlrd dollar ajratişni söragani ma'lum qilingandi.












