Ukraina Oliy radasi ikkinchi o‘qishda Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda UNN xabar bermoqda.

Hujjatda Rossiya «bosqinchi-davlat» deb ataladi, Donetsk va Lugansk oblastlarining nazoratdan tashqaridagi tumanlari hamda Qrim «vaqtinchalik bosib olingan hududlar» deya baholangan. Ukraina bu tumanlardagi barcha moddiy zarar uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi.

Bundan tashqari, «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, Kiyev bu hududlardagi faqat ikkita hujjatni tan oladi: tug‘ilganlik va o‘lim haqida guvohnomani.