Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida ruxsatnoma hujjatlariga alohida töxtalib, tovarning turiga qarab muvofiqlik, gigiyenik yoki veterinariya böyiça sertifikatlarsiz tovarlarni bojxona omboridan çiqarişga yöl qöyilmasligini, bojxona omborlari ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlanmaganligi, bu jarayonlar oçiq va oşkora emasligi va bu haqda mutasaddi idoralar bong urmaganligi alohida ta'kidlab ötildi.

Şuningdek, 2018 yilning 5 yanvar kuni prezident Toşkent viloyatida amalga oşirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik işlari bilan tanişiş maqsadida mazkur viloyat hududida yangi qurilgan “Highway Logistics center” terminaliga taşrifi mobaynida tovarlarni sertifikatlaş jarayoni uzoq muddat amalga oşirilişi qayd etilgan edi.

Davlat rahbari ta'kidlaganidek, hozirgi kunda tovarlarni bojxonada rasmiylaştirişda tovarlar uçun muayyan ruxsatnoma hujjatlari olinişi lozim. Muvofiqlik sertifikati, fitosanitar sertifikati, veterinariya sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa (gigiyena sertifikati), ozon yemiruvçi moddalarni va tarkibida şu kabi moddalar bölgan mahsulotlarni olib kiriş va olib çiqiş uçun ruxsatnoma hamda ekologik sertifikatlari şular jumlasidandir.

Sertifikat va ruxsatnoma hujjatlari 5 ta vazirlik tomonidan ketma-ketlikda 30 kun içida beriladi. Bundan körinib turibdiki, tovarlar uçun har bir sertifikatlaş yoki ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylaştiriş jarayoni tadbirkorlar uçun köp vaqt talab etadi. Bu esa, tovarlarni omborlarda turib qolişiga sabab bölmoqda.

Davlat bojxona qömitasi tomonidan tovarlarni sertifikatlaş borasida tadbirkorlik sub'yektlari duç kelayotgan muammolar va qiyinçiliklar atrofliça tahlil etilib, omborlar, bojxona postlari va terminallarini fitosanitariya, gigiyenik, ekologik, veterinariya va muvofiqlik sertifikatlarini tezkor tarzda beriş imkoniyatini yaratadigan ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlaş çoralarini köriş maqsadida tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.

Şuningdek, bu borada hamkorlikdagi işlarni muvofiqlaştiriş, mavjud muammolarning yeçimini topiş maqsadida ötkazilgan yiğilişda “Özstandart” agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Davlat veterinariya qömitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasining sertifikatlaş bölimlari rahbarlari iştirokida mazkur vazirlik va idoralar tomonidan özaro hamkorlikda yagona ekspress-laboratoriya taşkil etgan holda faoliyat olib borişga kelişib olindi.

Dastlabki bosqiçda bu kabi ekspress-laboratoriya Toşkent viloyati Zangiota tumanida joylaşgan “Highway Logistics center” terminalida taşkil etiladi.