Odamlar gavjum joylarda, bozor hududlarida qator tizilişib turgan kişilar orasidan çiqib kelib, quloğingiz ostiga “dollar olamiz”, deb piçirlab ketadigan valyutafuruşlar hali-hanuz uçrab turibdi.
Muqaddam sudlangan Ötkir Xalilov (ism-familiyalar özgartirilgan) “dollarfuruş” sifatida tanilgan şaxs. Qaynukasi bilan mehmondorçilikka otlangan Ötkirni şofirkonlik tanişi Salimjon Amirov töxtatdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
- Bir taniş qizga kattaroq “partiya”da dollar kerak edi. Şu masalada sizga uçraşişim kerakligini aytişgandi, - dedi u kim orqali kelayotganini bildiriş uçun.
- Böpti. Öşa qiz bilan uçraşib, gaplaşib olamiz...
Qunduz Jovliyeva dugonasi Nargiza Rustamova bilan unga uçraşdi. Ötkir ularga 5 200 AQŞ dollarini sotib, yaxşigina daromad qildi. Biroq valyuta qimmatliklarini qonunga xilof tarzda sotgan O‘.Xalilovga “kök”idan topgan bu foyda tatimadi. “Dollarfuruş” huquqni muhofaza qiluvçi idoralari xodimlari tomonidan voqea joyida uşlandi.
Ötkirga qinğir qilmişi uçun qonun oldida javob berişga töğri keldi. Jinoyat işlari böyiça Ğijduvon tuman sudi hukmi bilan O‘.Xalilovga jarima jazosi tayinlandi.











