Toşkent şahridagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatçilar tavsiyanoma oliş uçun test sinovlarini belgilangan tartibda topşirişdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Bunday muhim imtiyozga eng sara, intellektual salohiyati, jangovar mahorati yuksak posbonlar sazovor böladi. Harbiy qismlarda askarlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, adabiyotlarga boy kutubxonalarning mavjudligi, eng asosiysi, har bir öğlonning qalbida ona yurtga muhabbat va sadoqat hissining kuçliligi, ularning ma'rifatga, bilimga çanqoqligi test sinovlari mobaynida yaqqol namoyon böldi.
Oddiy askar Sanjarbek Umaraliyevning kelajakda katta orzusi bor. U harbiy qism qömondonligining imtiyozli tavsiyanomasiga ega bölib, u orqali Qurolli Kuçlar akademiyasiga öqişga kirişni niyat qilgan.
Mazkur tavsiyanomaga ega bölgan yigitlar respublikamizning barça oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişda özi töplagan ballarning 50 foizi miqdorida qöşimça ballga ega böliş imtiyoziga ega.
Şuningdek, mazkur test sinovlari joriy yilning 16-17 yanvar kunlari mamlakatimizning hamma viloyatlarida bölib ötdi.












