2018 yilning 7 yanvar kuni taxminan soat 02:00larda noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani hududida, fuqaro B.B.ning xonadoniga devordan oşib tuşiş orqali ğayriqonuniy ravişda kirib, u yerdan bahosi 14.800.000 söm bölgan “Lifan-250” rusumli mototsikli hamda bahosi 3.700.000 söm bölgan avtomaşina yuviş uskunasini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni R.A. va A.O. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.












