2018 yilning 19 yanvar kuni Berlin şahrida «Yaşil haftalik - 2018» xalqaro körgazmasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston delegatsiyasiga qişloq va suv xöjaligi vaziri örinbosari Otabek Mustafoyev boşçilik qilmoqda. Delegatsiyadan qator tumanlar hokimlari, yonğoq işlab çiqaruvçi va eksport qiluvçilar hamda asalariçilar assotsiatsiyalari rahbarlari örin olgan.
Özbekiston Respublikasi «Yaşil haftalik - 2018» xalqaro körgazmasida 224 kvadrat metrlik maydondagi milliy stend bilan qatnaşmoqda, u yerda «Özbekoziqovqatxolding» XK, «Özvinosanoat-xolding» AJ, «Özdonmahsulot» va «Özagroeksport» korxonalari mahsuloti taqdim etildi. «Özekspomarkaz» AJ MXK Özbekiston Respublikasining «Yaşil haftalik - 2018» körgazmasidagi iştiroki koordinatori hisoblanadi.


Internationale Grüne Woche (Xalqaro yaşil haftalik) – oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va boğdorçilik mahsulotlari yarmarkasi bölib, u 80 yildan ortiq vaqt davomida jahondagi eng maşhur körgazmalardan biri sanaladi. Bu yil körgazmaga 400 ming kişi taşrif buyurişi kutilmoqda.
«Yaşil haftalik - 2018» xalqaro körgazmasi 28 yanvarga qadar davom etadi.














