Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi qöşma qaroriga asosan xalqaro tan olingan taşkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinçi 500 talik röyxatiga kiritilgan ta'lim muassasalarining yangilangan röyxati tasdiqlandi. Bu haqda Inspektsiya rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma'lum qilinişiça, röyxat quyidagi 3 ta yirik xalqaro reytinglar asosida işlab çiqilgan:
TIME reyting böyiça 500 talik
ARWU reyting böyiça 500 talik
Imzolangan qöşma qarorga köra, röyxatdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarning diplomlari «Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) tartibi töğrisida»gi Nizomga köra maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi.
«Nostrifikatsiya qiliş uçun faqatgina diplomning haqiqiyligi tekşiriladi», deyiladi xabarda.
Hozirda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi fuqarolarning murojaatlaridan kelib çiqib, nostrifikatsiyaning amaldagi tartibini takomillaştiriş böyiça iş olib bormoqda. Bundan taşqari hujjatlarni onlayn topşiriş tizimi yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
















