Raqobat qömitasi fuqarolarning murojaatlari asosida «Badavlat ayol» loyihasining faoliyatini örganib çiqdi.

Örganiş natijalariga köra 2-3 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur loyiha ayol-qizlar uçun oilaviy munosabatlar, psixologiya, tadbirkorlik va şaxsiy rivojlaniş böyiça bilim berişga qaratilgan ta’lim platformasi sifatida kerakli tavsiya va yönalişlar taqdim etib kelgan. Şuningdek, mazkur loyihada tölovlarni Uzum nasiya orqali muddatli tölov şartlari asosida amalga oşiriş imkoniyati ham yaratilgan.

Raqobat qömitasiga kelib tuşgan 50 ga yaqin şikoyat murojaatlarida fuqarolar quyidagi jiddiy muammolarga duç kelganliklarini bildirgan:

●   Darslar öz vaqtida taşkil etilmayotgani yoki ta’lim jarayonlari professional ustozlar tomonidan ötkazilmayotgani;

●   Ta’lim sifati pastligi va va’da qilingan natijalarga erişilmayotgani;

●   Taşkilotçilar tomonidan tinglovçilarning e’tirozlari e’tiborsiz qoldirayotgani va qöpol munosabatdaligi;

●   E’tiroz bildirgan iştirokçilarning platformada bloklanişi;

●   3 oylab darslar ötkazilmayotgan bölsa-da, iste’molçilardan har oylik tölovlar plastik kartalardan avtomatik tarzda yeçib olinişi;

●   Şartnomani bekor qiliş jarayoni oğirlaştirilgani, ayniqsa çekka hududlardagi fuqarolar uçun Toşkent şahriga keliş talabi qöyilgani;

●   Loyihaga a’zo böliş uçun Instagramʼdagi sahifada «bitta tugma bosiş» kifoya bölsa-da, şartnomani bekor qiliş imkonsizligi va boşqalar.

«Yuqoridagi holatlardan kelib çiqqan holda Raqobat qömitasi mazkur şikoyatlarni «Helpdesk» MÇJ (loyiha taşkilotçisi) va «Shaffof moliya» MÇJ (moliyalaştiruvçi taşkilot) bilan birgalikda örganib, ularni hal etiş yuzasidan işlar olib bormoqda. Şuningdek, iste’molçilar manfaatlarini himoya qiliş maqsadida, Uzum nasiyaʼga loyiha bilan hamkorlik şartnomasini bekor qiliş masalasini qayta körib çiqiş böyiça rasmiy taklif yuborildi», deyiladi qömita xabarida.