Hujjat prezidentning "Ta’lim sifatini ta’minlaş va ta’lim xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmoniga muvofiq işlab çiqildi.

Özbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi negizida yaratildi. U örta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, şuningdek kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, malakalarni baholaş sohalarida taşqi sifat nazoratini amalga oşiruvçi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Hujjat bilan Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U agentlikning maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, şuningdek faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.

Agentlikning asosiy vazifalari:

ta’lim taşkilotlarida içki sifat nazorati mezonlari va tartib-taomillarini takomillaştiriş va samarali amalga oşiriş böyiça uslubiy tavsiyalar beriş;
ta’lim taşkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlaşga qaratilgan çoralar samaradorligini örganiş böyiça ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib boriş, şuningdek sörovlar ötkaziş.
 
Agentlik tuzilmasiga agentlikning markaziy apparati va Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti kiradi.