Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon respublika hukumatining ötgan yil yakunlariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişida Roğun GES rahbariyatiga birinçi agregatni öz muddatida foydalanişga topşiriş haqida körsatma berdi.
Şuningdek, rahbariyatga qurilişga ajratilayotgan mablağlarni belgilanganidek sarflaş vazifasi yuklandi.
Öz navbatida, “Roğun GES” OAJ boş direktori Xayrullo Safarzoda loyiha böyiça bajarilgan işlar haqida hisobot berdi.
Avvalroq, Tojikiston 2018 yilda Roğun gidroelektrostansiyasini quriş uçun 227 mln dollar ajratişi haqida xabarlar tarqalgandi.
2017 yilning birinçi yarim yilligida Tojikiston byudjyetidan Roğun GES loyihasiga 112 mln dollar sarflandi.
Bundan taşqari, Roğun loyihasini moliyalaştiriş maqsadida 500 mln somoniy miqdorida davlat qimmatli qoğozlarini çiqariş böyiça işçi guruh taşkil etildi.












