Qobul şimoli-ğarbidagi tepalikda joylaşgan Intercontinental mehmonxonasi jangarilar qölidan ozod qilindi. Afğoniston IIV ma'lumotiga köra, mehmonxonadan 126 kişi ozod qilingan, şundan 41 kişi xorijliklardir.

Uşbu hujum qurbonlari soni kamida 18 kişini taşkil qildi, yana öndan ortiq kişi jarohatlangan. Ayni vaqtda öt öçiruvçilar hujum vaqti kelib çiqqan yonğinni öçirişmoqda.

Töy marosimi ötkazilayotgan mehmonxonaga bir guruh jangarilar hujum qilib, odamlar garovga olingaç, hududga maxsus bölinmalar yetib kelib, qutqaruv amaliyoti boşlaşdi. 10 soat davom etgan amaliyotdan keyin barça jangarilar yöq qilingan.

Intercontinental Hotel mehmonxonasiga 2011 yilda ham hujum qilingan, 9 kişidan iborat jangarilar hujumi oqibatida mehmonxonaning 12 nafar mijozi öldirilgandi.