Kurdlarning «Xalq özini özi mudofaa qiliş kuçlari» bölinmalari (YPG) Turkiyaning Afrindagi harbiy kampaniyasi Rossiya ma'qullovi ortidan röy berdi, deb hisoblamoqda.
«Şu tufayli biz Rossiyani bu hujum uçun teng javobgar deb bilamiz»,— deya kurdlarning bayonotini keltirgan Rudaw naşri.
Bundan taşqari, YPG saytida, kurdlar Rossiyani «Turkiyaning tinç aholi vakillarini öldirişdagi jinoiy şerigi» deb atagan.
20 yanvar kuni Turkiya Boş ştabi Suriyaning Afrin mintaqasida «Zaytun novdasi» nomli operatsiya boşlanganini e'lon qildi. Turkiya aviatsiyasining dastlabki hujumlari oqibatida Afrinda tinç aholi vakillaridan 7 kişi hamda 3 jangçi halok böldi.
Turkiya Afringa hujum boşlaşi arafasida rossiyalik harbiylar Afrindan Tell-Adjarga köçirilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi buni mintaqada harbiy töqnaşuvlar kelib çiqişining oldini oliş çorasi deb izohlagandi.













