Oq uyning jamoatçilik bilan aloqa xizmati AQŞ federal hukumatining faoliyati töxtab qolgani sababli fuqarolarning telefon qönğiroqlarini qabul qilmay qöydi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanişiça, qönğiroq qilgan odamlar federal hukumat faoliyati töxtagani haqida avtojavob bergiç ogohlantirişini eşitmoqdalar.

Ogohlantirişda bu holat uçun javobgarlik Demokratik partiya zimmasida ekanligi aytib ötilmoqda.

“Afsuski, bugun sizning qönğiroğingizga javob bera olmaymiz, çunki Kongressda demokratlar hukumatning moliyalaştirilişini arosatda uşlab turişibdi. Şu sababli hukumat işini töxtatdi”, deyilgan audioxabarda.

Ta'kidlanişiça, hukumat yana işlay boşlagandan keyin qönğiroqlar avvalgidek qabul qilina boşlaydi.

Avvalroq AQŞ federal muassasalari moliyalaştiriş yöqligi sababli faoliyatlarini töxtatişga majbur bölganlari, çunki demokratlar respublikaçilarga federal byudjyet qonunini qabul qilişga ijozat bermaganlari ma'lum qilingan. 

OAV ma'lumotlariga köra, AQŞning vaqtinçalik byudjyeti böyiça senatda ovoz beriş 22 yanvarga belgilangan.