Jahon | 10:16 / 22.01.2018
12217
1 daqiqa o‘qiladi

Baykalortida 5 yoshli qiz alkogol komasiga tushib qoldi

Foto: RIA Novosti / Varvara Gerte

Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida Yangi yil nishonlanishi vaqtida 5 yoshli qizning spirtli ichimlikdan zaharlanishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda o‘lka prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Voqea 31 dekabrda yuz bergan. Markaziy tuman shifoxonasiga 5 yoshli qizcha yetkazilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, qizchada spirtli ichimlik bilan og‘ir darajada zaharlanish, alkogol komasi bo‘lgan. Bu esa salomatlikka og‘ir ziyon yetkazish kabi baholanadi.

Bunday holat yuz berishiga qizchaning avval sudlangan, 27 yoshli onasi sababchi bo‘lgani gumon qilinmoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, mast holdagi ayol stolda spirtli ichimlikli krujkani qoldirgan. Qizcha uni ichib shu ahvolga tushgan.

 

Mavzuga oid