Eron Turkiyani Suriyaning Afrin viloyatida boşlagan harbiy amaliyotini zudlik bilan töxtatişni talab qildi. Eron tomoni bu kampaniya orqali Turkiya «terroristik» guruhlarga yordam berayotganini iddao qilmoqda.
«Eron bu amaliyot imkon qadar tez töxtatilişiga umid qiladi. Aks holda Suriya va Turkiya çegarasida vaziyat oğirlaşadi. Afrinda yuzaga keladigan bunday vaziyat esa Suriya şimolidagi terrorçi guruhlarga qöl kelişi mumkin», – deya Eron TIV vakili Bahrom Qosimiyning sözlarini keltirgan Reuters agentligi.
Bundan avvalroq, Turkiya harbiylari Afrindagi amaliyotning ikkinçi kunida ham aviazarbalar berişni davom ettirib, kurdlarning 45ta pozitsiyasini yöq qilgani haqida xabar berilgandi.













