KXDR delegatsiyasi tört yil içida birinçi marta Janubiy Koreyaga taşrif buyurdi. Jahondagi eng yopiq mamlakat vakillari mafkuraviy duşmani hududiga Pyongçang-2018 Olimpiya öyinlari uçun obektlarni tekşiruvdan ötkaziş maqsadida kelişdi. Alohida qiziqişga badiiy jamoalar çiqişi uçun möljallangan maydonça sabab böldi.

KXDRning yetti kişilik komissiyasiga mamlakatdagi eng maşhur qöşiqçilardan biri, «Samdziyon» orkestri va «Moranbon» maşhur musiqa guruhi rahbari Xen Son Vol boşçilik qildi. Aytib ötiş lozimki, bu ansambl davlat rahbari Kim Çen Inning alohida muhabbatiga sazovor bölgan, qizning özida esa millat yetakçisi bilan işqiy aloqalar bölgani taxmin etiladi. Xen Son Vol öz davlatidagi eng nufuzli ayollardan biri sifatida baholanadi.

Şimoliy koreyaliklar Seulga taşrif buyurişdi, söng tezyurar poyezdda Koreya şimolidagi Kanvondo viloyatida joylaşgan Kanninga yöl olişdi: bu yerda Olimpiada vaqtida xokkey, figurali uçiş, konkilar, şort-trek va kyorling böyiça musobaqalar ötkaziladi. 220 ming kişilik aholi punktida musobaqalar uçun beşta sport arenasi barpo etildi.

Biroq, Xen Son Volni köproq 900 kişiga möljallangan yangi konsert zali qiziqtirdi. U tovuş sifatini şaxsan tekşirib kördi, öziga tegişli bölgan jamoalar dasturi va çiqiş vaqtini muvofiqlaştirib oldi.

Şimoliy koreyaliklar matbuot bilan gaplaşişdan butunlay boş tortişmoqda. Xususan, Vol jurnalistlardan birining taassurotlar haqidagi savoliga heç narsa aytmay, şunçaki jilmayib qöygan. 

Eslatib ötamiz, yanvarda qaçonlardir yagona bölgan Koreyaning yarim asrdan ortiq vaqt davomida ajralgan holda yaşayotgan qismlari Olimpiya öyinlarining oçiliş marosimida umumiy kolonna bilan ötişga kelişib olgani xabar berilgandi. Ikki jamoaning birlaşişi, garçi bu ramziy ma'noda bölsa ham, Turin-2006 davridan beri ilk marta va tarixda törtinçi marta kuzatiladi.

Bundan taşqari, Kim Çen Inning yangi yil murojaatidan söng munosabatlarni yaxşilaş böyiça siyosatni ilgari sura boşlagan davlatlar ayollar xokkeyi böyiça musobaqaga yagona terma jamoani qöyiş niyatidalar. Bu Şveytsariyada salbiy reaksiyaga sabab böldi. U yerdagi xokkey federatsiyasining fikriça, ikki jamoa birlaşuvi soğlom raqobatni buziş böyiça sun'iy aksiyadir.

KXDR sportning qişki turlari böyiça yetakçi davlatlar orasiga kirmaydi. 1964 yilda Insbrukdagi öyinlarda ilk marta qatnaşgan şimoliy koreyaliklar sakkizta Olimpiadada qatnaşişdi, Grenobl-1968, Insbruk-1976, Leyk-Plesid-1980, Lillexammer-1994, Solt-Leyk-Siti-2002 va Soçi-2014’ni esa ötkazib yuborişdi. Ularda atigi ikkita medal bor: ilk Olimpiadadagi kumuş va Albervill-1992 bronzasi.