Özbekistonda tadbirkorlikka juda katta e'tibor qaratilib, bundan unumli foydalanganlar, öziga ham, jamiyatga ham foyda keltirişmoqda. Ayrimlar esa qinğir yöl tutib, söng puşaymon bölmoqdalar.
Dildora Boymurodova hovlisidagi yordamçi xonada sovun işlab çiqarişni yölga qöydi. Bu turdagi faoliyat bilan şuğullaniş uçun esa heç qayerdan ruxsat olmadi, tadbirkor sifatida röyxatdan ham ötmadi. Bu öz foydasini öylab faoliyat yuritgan soxta tadbirkorlik edi, xolos. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari uning xonadonini tekşirişga kelişganda, qinğirlikka oydinlik kiritildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Yaşirin sexdan 236 dona xöjalik sovuni, sovun işlab çiqarişga işlatiladigan 3 tonna xomaşyo, 3 dona qölbola qolip, jami 2 mln 746 ming sömlik aşyoviy dalillar rasmiylaştirib olindi.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi kimyoviy toksokologik laboratoriyasining xulosasiga köra, xöjalik sovunlar taşqi körinişi, hidi, kislotalik miqdori, tarkibidagi erkin uglevodlar darajasi jihatidan talabga javob bermasligi, inson organizmiga salbiy ta'sir körsatib, terida dermatologik kasalliklar keltirib çiqarişi mumkin ekan.
Sud Dildora Boymurodovani aybdor, deb topdi va u bir yil muddatga axloq tuzatiş işlariga jalb qilindi.











