Suriyadagi kurdlarning «Xalq mudofaa kuçlari» (YPG) taşkiloti harbiy boş qömondoni Sipan Xemo Turkiyaning Afringa hujumi vaqtida Suriya kurdlarini himoya qilişdan boş tortib Anqaraning bu harakatiga munosabat bildirmagani uçun Rossiyani xiyonatda aybladi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar qilingan.
«Turklarning faşistik davlati okkupatsiya boşladi va butun dunyo köz öngida kurdlarni ommaviy ravişda öldirmoqda. Butun dunyo bu bosqinçilik va ommaviy qirğin uçun javobgardir», — degan Xemo. U kurdlar ayniqsa, Moskvaning beparvoligidan qattiq ranjiganini qayd etgan.

«Rossiya ayni vaqtda Turkiyaning ittifoqçisi hisoblanadi (...) turklar davlati esa biz bilan uruş holatida (...). Bizning Rossiya bilan kelişuvimiz bor edi, ammo ular barçasini inkor etib, bizni sotişdi», — deya qayd etgan kurdlar boş qömondoni.
U kurdlar endi Moskvaning asl yuzini körişayotgani va Rossiya ular uçun «prinsipsiz davlat» aylanganini qöşimça qilgan.
Turkiya Boş ştabi 20 yanvar kuni Afringa hujum boşlangani haqida e'lon qildi. Turkiya bu hududda örnaşgan kurd harbiy bölinmalarini terrorçilar deb baholab, ularni yakson qilişni maqsad qilgan. Bu harbiy kampaniyada ularga quruqlikda Suriya muxolif kuçlari hamrohlik qilmoqda. Şuningdek, aviatsiyadan zarbalar berilmoqda. Haberturk ma'lumotiga köra, turkiyalik harbiylar keyingi 48 soat mobaynida Suriya çegarasidan Afrin tomon 7,5 kilometr masofada kirib borgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml turkiyalik harbiylarning Suriyaning Afrin mintaqasidagi harakatlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani haqida ma'lum qildi.












