Amerika Qöşma Ştatlari mudofaa mahkamasi rahbari Jyeyms Mettis Turkiyani Suriyada «vazminlikka» çaqirdi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.
«AQŞ mudofaa vaziri Mettis Turkiyani Suriyada «vazminlikka» çaqiradi», - deb yozmoqda agentlik.
Avvalroq, Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders ham Anqarani Suriyada vazminlikka çaqirgandi.
20 yanvar kuni avvaliga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriya şimolida harbiy amaliyot boşlanib bölganini ma'lum qildi. Köp ötmasdan Turkiya boş ştabi Afrinda «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot boşlanganini e'lon qildi. Turkiya harbiylari bayonotida bu amaliyot «Suriya yaxlitligini hurmat qilgan holda» olib borilişi ma'lum qilingan.












