Fortune jurnali jahondagi eng nufuzli kompaniyalar röyxatini e'lon qildi, uni tuzişda 3 mingdan ortiq top-menejyerlar, tahlilçilar va ekspertlar sörovdan ötkazildi. Röyxatdagi birinçi önta örinni Amerika kompaniyalari egalladi.
Fortune talqiniga köra, eng nufuzi baland kompaniyaga Apple aylandi, ikkinçi örinni Amazon, uçinçi – Alphabet, törtinçi poğonani – Berkshire Hathaway egalladi. Beşinçi örinda – Starbucks qahvaxonalar tarmoği. Netflix 11-, Facebook 12-poğonadan joy oldi. Amerikadan bölmagan boşqa kompaniyalardan faqatgina BMW eng yuqori poğonani band etdi – 19.
Fortune Korn Ferry kompaniyasi bilan röyxatni tuzişda 1,5 ming nomzodni tahlil qilib çiqdi: Amerikaning daromad böyiça 1 mingta eng yirik kompaniyasi, şuningdek, Fortune-500 röyxatida AQŞdan bölmagan, 10 mlrd dollardan ortiq daromadga ega bölgan kompaniyalar. Keyinçalik jurnal röyxatni 29 mamlakatdan 680 ta kompaniyaga qadar qisqartirdi.

















