Biz şamollaş deb ataydigan kasalliklar sovuq tufayli emas, viruslar natijasida yuzaga keladi. Kiçik virus zarraçalari organizmga tuşib, köpaya boşlaganida kasal bölamiz: tana haroratimiz oşadi, tomoğimiz oğriydi, holsizlik, tumov va yötal paydo böladi. Soğliqni saqlaşning eng yaxşi yöli — viruslar bilan imkon qadar kamroq aloqada böliş. Buning uçun oddiy profilaktika usullari mavjud.

1. Qölingizni köproq yuving

Asosan burun va tomoq aziyat çekuvçi şamollaşning qöllarga aloqasi yöqdek tuyuladi göyo. Aslida esa - töğridan-töğri aloqasi bor. Viruslar turli yuzalarga, şu jumladan qöllarga joylaşib olib, osonlikça organizmga tuşişi mumkin.

Şunday ekan, himoyalanişning asosiy qoidasi: köçadan keldingizmi, qöllaringizni yuving.

Agar qöl ostingizda sovun yöq bölsa, qöllarga möljallangan spirt asosidagi antiseptik gel yoki nam salfetkalardan foydalaning.

2. Xonalarni şamollating

Foto: Depositphotos

Havo — virus zarraçalari insondan insonga ötuvçi muhit. Bu agar havo tozalansa, ifloslaniş xavfi kamayadi demakdir.

Havoni dezinfeksiya qilişning eng oson usuli — uni şamollatiş. Inşootdagi viruslar konsentratsiyasi kamayişi uçun derazani oçişning özi kifoya.

Agar uyingizda UB-lampa bölsa, undan foydalanişni unutmang, zero ultrabinafşa nurlar inşoot havosini tozalaşga yordam beradi. Faqat albatta qöl ostingizdagi qurilma qöllanmasiga rioya qiling va xavfsizlik haqida unutmang.

3. Namlantiruvçi tozalaş işlarini ötkazing

Viruslar uydagi çanglarda bir neça kunlab yaşaşi mumkin. Namlikni saqlaşga doir oddiy tozalaş işlari ularning miqdorini qisqartirişga yordam beradi.

Şuning uçun heç bölmaganda, ikki kunda bir uyda namlantiruvçi tozalaş işlarini ötkazing.

Biz köp vaqtimizni işda ötkazamiz, u yerda ham virus yuqişi heç gap emas. Şunday ekan, iş joyida ham tozalik va namlikka rioya qiliş kerak: ertalab va keçqurun ofis stolini arting.

Bolalar işga borişmaydi, biroq köp holatlarda maktabda viruslarga duç kelişadi. Bolaga qölini köproq artişi va biryöla partasini tartibga keltirişi uçun nam salfetka paçkasini berib qöying - bu oz bölsa-da, şamollaş xavfini kamaytiradi.