Maunt-Sinay gospitali xodimlari giyohvandlarda kokainga qaramlikni keltirib çiqaruvçi G-CSF oqsilini neytrallaş yölini topişdi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi. 

Köp marta kokain berilgan siçqonlar miyasining mukofot bilan boğliq sohasida bu oqsil konsentratsiyasi yuqoridir. Mutaxassislarning kaşfiyoti kokainga qaramlikka qarşi dori işlab çiqarişda asosiy rol öynaşi mumkin. 

Tadqiqotçilar kemiruvçilarga miyaning yuqorida qayd etilgan sohasiga G-CSF faolligini kuçsizlantiruvçi oqsilni yöllaşdi. In'yektsiya tajriba ostidagi joniovrlarning kokainga qaramlik darajasini pasaytirgan. 

Ta'kidlaş joizki, siçqonlarda boşqa qaramlik holati yuzaga kelmagan. Olimlarning sözlariga köra, kokainga qaramlikni davolaşga möljallangan preparat tez orada paydo bölişi mumkin, zero G-CSF'ni neytrallovçi vositaning xavfsizligi isbotlab bölingan. 

Darvoqe, Kembrij universiteti mutaxassislarining fikriça, kokain iste'mol qiluvçi kişilar aqli zaiflikka moyil bölişar ekan. Gap şundaki, uşbu giyohvand modda boş miyada ortiqça temir moddasi yiğilib qolişiga olib keladi. Bu esa miya hujayralarining halok bölişiga olib keladi.