Rahbar lavozimida işlagan insondan doimo halollik va fidoyilik talab qilinadi. Bu bejiz emas. Bu borada notöğri qilingan iş davlat va fuqarolar örtasidagi munosabatlarning buzilişiga sabab bölişi mumkin.
Qolaversa, rahbar nafaqat halol, balki mas'uliyatli ham bölişi kerak. “Quyiçirçiqtumangaz” filiali boşliği vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi lavozimida işlagan Farrux Zaripov (ism-familiyalar özgartirilgan) ana şu tartib-qoidalarni yaxşi bilardi. Lekin u mansab vakolatidan öz manfaatlari yölida foydalanib qolmoqçi böldi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Fuqaro Javohir Bötayev yaxşi niyat bilan tegişli tartibda davlat röyxatidan ötib, “Private Fire Service” MÇJni taşkil qiladi. Jamiyat asosiy fuqarolar xonadonlarining isitiş tizimini ta'mirlab, kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş bilan şuğullanardi. Ya'ni J.Bötayev rahbarligidagi jamiyat işçilari uylarning isitiş tizimini davlat tomonidan joriy qilingan qonun-qoidalar asosida işlatilişiga moslaştirar, uning sozligi, tabiiy gaz quvurlariga ulanişi mumkinligi haqida dalolatnoma tuzib, tumangaz idorasidan röyxatdan ötkazardi.
Avvalgidek, bu safar ham bir neça xonadonda şu kabi işlarni amalga oşirgan J.Bötayev dalolatnomalar tuzib, tumangaz idorasiga olib keladi. Biroq boşliq vazifasini vaqtinça bajarayotgan F.Zaripov dalolatnomalarni qabul qilmaydi. Buning sababini söraganida 200 AQŞ dollari bersa, bundan buyon kelişib işlaşi haqida javob oladi. Pulni keltirib bermasa, işi bitmasligini tuşungan Javohir bir neça kun içida söralgan pulni keltirib berişini aytib, xonadan çiqib ketadi.
Rahbarning talabi noqonuniy va jinoyat ekanligini tuşungan J.Bötayev bu haqda tegişli joyga ariza bilan murojaat qildi.
SVOJJDLQK departamentining Quyiçirçiq tuman bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda F.Zaripov jabrlanuvçidan talab qilingan pullarni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Jinoyat işlari böyiça Quyiçirçiq tuman sudi tomonidan F.Zaripovga beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.











