AQŞ prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasini Federal tergov byurosi xodimlari özaro yozişmasidan 50 mingdan ortiq xabar yöqolib qolganiga aloqadorlikda aybladi. Ularda Amerika yetakçisi tanqid qilingan.
«FTBda işlagan juftlik Liza Peyj va Piter Strjok örtasidagi taxminan 50 mingta muhim matnli xabarlar qayerda? Samsung aybdor!» - deya yozgan prezidenti Twitter’da.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ FTB va Adliya vazirligida Trampga qarşi «maxfiy guruh» bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.












