Raqamli texnologiyalar asrida inson avtomobil raqamlari kabi oddiy narsani ham maksimal darajada köp vazifali qilişga intiladi. Raqam va harflardan iborat metall tabliçkadan oddiyroq narsa ham bölişi mumkinmi? Uni qanday yaxşilaş mumkin? Reviver Auto kompaniyasi muhandislari va dizaynerlari kelajak avtomobil raqamlari qanday bölişi borasida öz qaraşlarini taklif qildilar va bu ğoya AQŞ hukumatiga xuş keldi. Joriy yildayoq Kaliforniya va Arizona ştatlaridagi haydovçilar 100 mingta raqamli avtomobil raqamlaridan iborat ilk partiyani oladilar. 

Foto: Hi-news

Xöş, bu antiqa raqamlar nimasi bilan ajralib turadi? Quyida bu haqda ma'lumot keltirilgan.

Innovatsion avtomobil raqamlari RPlate Pro deb nom olgan va taşqi ta'sirlar hamda noqulay ob-havo şaroitlaridan himoyalangan kiçik displeydan iborat. U avtomobilga oddiy raqamlar kabi örnatiladi. Displeyni internetga Rconnect brauzeri orqali ulaş mumkin, şundan keyin unga nafaqat avtomobilning raqamlarini, balki istalgan foydali ma'lumotni çiqariş mumkin böladi. Displey sirti istalgan ob-havo şaroitida yaxşi körinuvçi materialdan tayyorlangan.

RPlate Pro monoxrom displeyi qözğalmas tasvirni akslantiriş uçun energiya talab qilmaydi, şu sababli içki akkumulyatorning energiyasini internet bilan ulanganda yoki bir tasvir ikkinçisiga özgarganda işlatadi. Raqamli avtomobil raqami yaratuvçilarining aytişiça, bu raqamlar tufayli haydovçilar hayoti osonlaşadi. Birinçidan, raqam öğrilikdan himoya tizimi bilan jihozlangan va bu ortiqça taşvişlardan xalos etadi. Pullik avtoturargohlarda raqam puli tölangan vaqtning qançasi qolganini körsatadi, raqamda haydovçining istagi bilan istalgan ma'lumot akslanişi mumkin, misol uçun, sevimli sport jamoasining logotipi yoki Qizil xoç jamiyatini qöllab-quvvatlaşidan darak beruvçi, jamiyatning belgisi çiqib turişi mumkin.

Raqam oq fonda qora ranglar yoki aksinça holda çiqişi mumkin. Agar qayd qiliş raqami muddatidan ötib ketgan bölsa va qayta röyxatdan ötkazişni talab qilsa, u bu haqda haydovçiga belgi bilan işora beradi. Bundan taşqari, raqamni muhim e'lonlar uçun tabliçka sifatida qöllaş mumkin, misol uçun, bunday raqamlar bilan ştat rahbariyati xavfli jinoyatçining raqamini e'lon qilişlari mumkin böladi. Şunda qolgan haydovçilar bundan xabardor böladilar. Raqamlar yordamida noqulay ob-havo şaroitlari va yöllarda tezlikni oşiriş xavfidan ogohlantiriş mumkin.