AQŞ bilan Suriyada xavfsizlik hududini yaratişni muhokama qilişdan avval Anqara va Vaşington örtasida özaro işonç muhitini tiklaş lozim, deb aytdi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğli.
Çovuşöğli Turkiya va AQŞ prezidentlarining telefon muloqotiga izoh berar ekan, AQŞ tomoni ikki davlat yetakçilari suhbati bölib ötişidan avvaloq uning matnini tayyorlab qöygan. Şu sababli xabar Rajab Toyyib Erdöğan va Donald Tramp suhbatining mohiyatini töliq aks ettirmagan, deb aytdi Çovuşöğli.
Avvalroq Anqara Oq uy 24 yanvarda Turkiya va AQŞ yetakçilari örtasida bölib ötgan suhbatning mazmunini notöğri va çala berganidan norozilik bildirgan. Jumladan, xabar matnida Tramp “Afrindagi zöravonlikning avj olişi AQŞ va Turkiyaning Suriyadagi umumiy maqsadlariga erişişda xalaqit berişi mumkinligidan xavotir bildirgani” aytilgan.












