Statistik ma'lumotlarga köra, respublikada söngi uç yil içida kuzgi-qişki isitiş mavsumida sodir bölayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona şaroitida eng köp uçraydigan zaharli birikma bölib, tabiiy gaz, yoqilği, kömir, ötin çöğlari töliq yonmasligi oqibatida xosil böladi. Tutun tarkibida 3%, işlangan gazda 13%, portlovçi gazlar tarkibida esa 50-60% gaça is gazi böladi.
Is gazidan şamollatiş tizimi yaxşi işlamaydigan organik moddalarni işlab çiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi böyalgan va şamollatilmagan xonalarda, şuningdek uy şaroitlarida tabiiy gaz çiqib turganda va peçka bilan isitiladigan uylar, hammomlarda, dam oliş palatkalarida yonuvçi moddaning töliq yonmasligi natijasida zaharlaniş mumkin.
Is gazi organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etadi. Uşbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuçli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning töqimalarga kislorod taşiş xususiyati keskin pasayib, gipoktsiyaga, oğir holatlarda esa - anoktsiyaga olib kelişi xamda şu tariqa inson hayotdan köz yumişi mumkin.
Tahlillarga köra, is gazidan zaharlaniş holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga köra yuzaga kelmoqda:
fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilği (kömir, ötin va boşqa) turlaridan foydalanişda xavfsizlik çoralariga rioya etmaslik;
nostandart (qölbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bölmagan isitiş peçlari va anjomlaridan foydalaniş;
isitiş peçlarining dudburonlarini notöğri örnatiş;
gaz yoki boşqa muqobil yoqilğiga moslaştirilgan isitiş peçlari (anjomlari)ni dam oliş (uxlaş) xonalariga olib kiriş;
havo almaşmaydigan xonalarni isitişda oçiq olov (kömir va ötin çöğlari)dan foydalaniş;
havoni almaştiruvçi şamollatiş şaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (tösib) qöyiş.
Yuqorida körsatib ötilgan sabablarga köra isitiş uçun foydalanilayotgan yoqilği (gaz, kömir, ötin va boşqa)ni çala yonişi natijasida is gazi hosil böladi.
“Yuqoridagi sabablarni kelib çiqişiga yöl qöymang. Is gazidan zaharlanişdan ogoh böling”, - deya yakunlanadi FVV xabari.











