Hurmatli fuqarolar, ma'lumki, qiş mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketişi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitiş maqsadida turli xildagi yoqilği mahsulotlari, har xil turdagi isitiş va gaz uskunalaridan foydalanişga bölgan ehtiyoj kundan kunga oşib boradi. Bu esa, öz navbatida, yonğin va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilişi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralaşmasining çaqnaşiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qoliş ehtimolini oşişiga olib kelişi mumkin.
Misol uçun: Siz dam olayotgan yoki tunab qolgan xonada yiğilgan is gazi miqdori atigi 0,1 foizni taşkil etgan taqdirda, unday havodan 30 daqiqa davomida nafas oliş, insonni ölimga olib kelişi mumkin.
Qiş mavsumida konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, uy şaroitida tayyorlangan sabzavotlar konservalarining iste'moli ortişi tabiiy hol. Lekin, şuni unutmaslik kerakki, uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsuloti tarkibida eng kuçli ovqatdan zaharlanişni keltirib çiqaruvçi botulizm kasalligi qözğatuvçisi bölişi ehtimoli juda ham yuqori bölib, zaharlanganlarga qisqa fursat içida malakali tibbiy yordam körsatilmaganda, 75-85 foiz holatlarda zaharlaniş insonning ölimiga olib keladi.
Misol uçun: botulizm kasalligini keltirib çaqiruvçi botulotoksin kobra iloni zahridan 20 000 barobar kuçli hisoblanadi. Uning atigi 1,0 grami 1,0 mln. kişini zaharlab, öldirişga yetadi.

Joylarda qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan ana şunday noxuş xolatlarning oldini oliş işlarining samaradorligini oşiriş maqsadida özingiz va yaqinlaringizning hayoti va salomatligini asrab qoliş uçun quyidagi oddiy qoida va tavsiyalarga amal qilişingizni söraymiz:
Is gazidan zaharlanmaslik uçun:
- isitiş mavsumi boşlanişi oldidan peçlar, qozonxonalar, suv isitiş kolonkalarining sozligi, mörikonlarining tozaligini tekşirib çiqing;
- nosoz, nostandart, qölbola yasalgan isitiş va gaz moslamalaridan foydalanişga aslo yöl qöymang;
- bolalar va imkoniyati çeklangan kişilarni nazoratsiz qoldirmang;
- tabiiy gazdan foydalanişda turli xildagi rezina şlanglar, turli xil gaz sörgiçlardan foydalanmang;
- çet davlatlarda işlab çiqarilgan isitiş moslamalaridan faqat yöriqnoma bilan yaxşilab tanişib çiqqandan keyingina foydalaning.












