Xitoyda bölib ötayotgan 23 yoşgaça futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionati finali uçraşuvi oldidan Özbekiston U-23 terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Biz musobaqada hozirgaça beşta öyin ötkazdik va ularning har biri özgaça bir tarix. Albatta, har qanday öyin öziga yaraşa saboq bölişi mumkin, masalan, qilgan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilişimiz lozim. Ammo biz ortda qolgan öyinlar bilan töxtab qolişimiz yaramaydi. Ularni unutib, e'tiborni şanba kuni böladigan finalga qaratişimiz kerak.
Ayni paytda bor e'tiborimizni finalda Vetnamni yutişga qaratganmiz. Biz faqat ğalaba haqida öylayapmiz. Barça jamoalar finalda öynaşni orzu qiladi, çunki bu juda muhim musobaqa. Final oğir keçişini payqaş qiyin. Raqib ham öziga yaraşa kuçli jamoa. Bunday musobaqalarda kuçsiz jamoa özidan-özi finalga çiqib qolmaydi», deya Haydarovning sözlarini keltiradi OFK rasmiy sayti.











