Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli AQŞni Suriyadagi qurollangan kurdlar tuzilmalari masalasi böyiça berilgan barça va'dalarni buzişda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«AQŞ davlat kotibi Reks Tillersondan Suriya şimolida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasini yaratiş böyiça taklif keldi. Meni u nimani nazarda tutgani bilan qiziqdim. Biz ham xavfsizlik hududi haqida gapirmoqdamiz, biroq uni AQŞ bilan turliça körişimiz, bu hududdan boşqa zona barpo etilişini kutişimiz mumkin. Lekin ular hattoki buni samimiy gapirayotgan bölsa ham – baribir işonç kerak. Men hozirda AQŞga nisbatan işonçimiz yöqligini tuşuntirdim: ular bizga YPG mavzusi böyiça aytgan bitta sözning ham ustidan çiqişmadi», - deya aytib ötdi Çavuşöğli.

Uning sözlariga köra, bu taklifni muhokama etiş uçun Turkiya va AQŞga işonç darajasini oşiriş lozim.