Hajga yuboriliş tartibi qanday? U qaysi huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi? Bu masalaga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida batafsil töxtalib ötilgan.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş Hukumatning 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida nizom bilan tartibga solinadi.

«Haj» tadbiri Din işlari böyiça qömita va Saudiya Arabistoni Podşohligi Haj vazirligi örtasida har yili imzolanadigan şartnoma asosida amalga oşiriladi.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq ma'lumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uçun ajratilgan örinlar, tölovlarning miqdori va boşqalar) muntazam ravişda Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida (muslim.uz) e'lon qilib boriladi.

«Haj» va «Umra» tadbirlariga boriş uçun talabgor doimiy yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organiga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etişi lozim.

Ariza ularning doimiy yaşaş joylaridagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qöyib boriladi.

«Haj» tadbiriga borişga navbatga qöyiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berişi lozim:

- nomzod moddiy va jismoniy jihatdan «Haj» tadbiriga qodir bölişi;

- «Haj» amallarini töğri va töla-tökis ado etişi uçun yetarli diniy bilimga ega bölişi;

- nomzod ma'naviyati, ma'rifati va odob-axloqi bilan mahallada obro‘-e'tiborga ega bölişi;

- oilasidagi muhitning soğlomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanişi, mahalla fuqarolar yiğinidagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxşilaşda ibrat böla olişi;

- yöldan adaşganlarni soğlom turmuş tarziga qaytariş, ularning ijtimoiy moslaşuviga yordam berişi, mahalla fuqarolar yiğinida ötkaziladigan xayriya tadbirlarida iştirok etişi.

Bundan taşqari «Haj» tadbiriga bormoqçi bölgan fuqaro:

- «Haj» tadbiriga ilgari bormagan bölişi; 

- voyaga yetgan bölişi;