Yangi zelandiyalik va fijilik qutqaruvçilar 18 yanvarda Kiribatining suv hududlarida yöqolib qolgan “Butiraoi” yölovçi paromini birgalikda qidirişmoqda. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.  

Parom 18 yanvarda reysga çiqqan va 20 yanvarda manzilga yetib kelişi kerak bölgan. Yangi Zelandiya hukumati ma'lumotlariga köra, kema yaqinda yöqolgan deb e'lon qilindi. Bungaça qidiruvni faqat fijilik qutqaruvçilar olib borişgan. Ta'kidlanaşiça, paromda 50ga yaqin kişi bölgan. 

“Butiraoi” paromi Okeaniya orollari örtasida reyslar bajargan. Oxirgi reysning uzunligi 240 km ga yaqinni taşkil qilişi kerak bölgan. Parom uzunligi 17,5 metr keladigan yoğoç katamaran bölib, unda ta'kidlanişiça, harakatlantiruvçi parragi bilan muammolar bölgan.

Foto: Theguardian.com