Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumonlanib hibsga olingan milliarder Al-Volid ibn Talol qamoqda özini xuddi uydagidek his qilmoqda va özi bilan yaxşi munosabatda bölişayotganini aytdi. U lyuks darajadagi mehmonxona xonasida yaşamoqda va göştsiz taomlar bilan ovqatlanyapti. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Ötgan yilning noyabr oyida mamlakatda korrupsiyaga qarşi keng kölamli reydlar va hibsga olişlar röy berdi, şahzoda ham uning doirasida uşlangan. U ötgan oylar davomida matbuot bilan muloqotga kirişmadi va endi özining qamoqqa olinganidan beri ilk intervyusini berişga qaror qildi.
Agentlikning ta'kidlaşiça, ibn Talol podşohlik oilasining qölga olingan boşqa önlab a'zolari bilan birgalikda Ar-Riyoddagi «Ritts Karlton» mehmonxonasida yaşamoqda. Uning ixtiyorida neçta xona borligiga aniqlik kiritilmagan. Reuters faqat kabinet, oşxona va ovqatlanadigan xonani tilga oldi. «Men özimni juda yaxşi his qilmoqdaman, sababi öz davlatim, öz şahrimdaman, bu yerda men xuddi uydagidek ahvoldaman. Bu menga heç qanday noqulayliklar keltirib çiqarmayapti», - deya aniqlik kiritgan milliarder.
Saudiya podşohining qarindoşi intervyu davomida yaqin vaqt içida uni töla oqlaşlari va erkinlikka çiqişini ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, öziga qarşi heç qanday ayblovlar qöyilmagan. «Men va hukumat örtasida muhokama uçun ba'zi mavzular bor, ular haqida hozirça ma'lumot bera olmayman», - deya qöşimça qilib ötgan şahzoda.


















