AQŞ harbiy-havo kuçlari özining eng kuçli noyadroviy öq-dorisi – GBU-57 aviabombasini modernizatsiya qildi. Bu haqda HHK vakili kapitan Emili Grabovskiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bombaning yangi modifikatsiyasi “yer ostida çuqur joylaşgan va yaxşi himoyalangan nişonlarga qarşi samaraliroqdir”. Oğirligi 13 tonna va deyarli 2,5 tonna portlovçi moddaga ega bu bomba tuproq içiga 61 metrgaça kirib borişga qodir. Uni faqat B-2 bombardimonçi samolyoti olib yura oladi. GBU-57 Şimoliy Koreyadagi yer osti inşootlariga qarşi qöllanişi mumkin.
B-2 samolyotlari yanvarda AQŞga qaraşli, Tinç okeanidagi Guam oroliga joylaştirilgan. Grabovski bu hududga GBU-57 bombalari jönatilgani-yöqligi haqida heç narsa aytmagan.
AQŞ 2017 yil aprelida Afğonistonda GBU-43/B bombasini qöllagandi. Bomba “barça bombalarning enasi” degan norasmiy nom ham olgan. Pentagon ma'lumotlariga köra, 9,5 tonnalik bombaning portlaşi 36 terrorçini yöq qilgan. Biroq keyinroq OAVda jangarilar bomba portlaşi oqibatida talofat körişmagani haqida ma'lumot paydo bölgan.












