Eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida keltirilgan.
Amaldagi milliy haydovçilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalariga almaştiriş:
- 2017 yil 1 oktabr — 2018 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalari uçun, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar — ular egasining yozma arizasiga köra ixtiyoriy ravişda;
- 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barça milliy haydovçilik guvohnomalari uçun, ularning berilgan sanasidan qat'i nazar — majburiy tartibda;
- avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almaştiriş 2017 — 2020 yillar mobaynida bosqiçma-bosqiç — avtomototransport vositasini majburiy texnik körikdan ötkazişda amalga oşiriladi.
















