Xalqimizda şunday naql bor: “Safarga çiqişdan oldin şerikning yaxşisini, uy olişdan avval esa qöşnining afzalini tanla”. Bu ayni topib aytilgan hikmat. Qöşning tinç bölsa, sen ham tinç bölasan. Agar qöşning notinç bölsa, buning ta'siri seni ham çetlab ötmaydi, deb yozmoqda “Postda” gazetasi.

Soat 22:30lar atrofida. Köp qavatli xonadonlarda yaşovçilarning aksariyati bu vaqt tungi uyquda. Poytaxtdagi şunday xonadonlarning birida istiqomat qiluvçi Dildora (ism-şariflar özgartirildi) ikki farzandini uxlatib, yotoqxonasiga yöl oldi. Yoz oyi, havo issiq, şu sabab böldi, şekilli, ançagaça uxlay olmadi. Şu payt taşqaridan ayollarning kulgani eşitildi. Bu qöşnilari bilan munosabati yaxşi bölmagan Dildoraning ğaşini keltira boşladi. Kulgi hadeganda tinavermagaç, u derazadan pastdagi ayollarga qarab “jim bölasizlarmi-yöqmi?!” deya baqirdi. Ular orasida Xadiça ham borligini körib battar jiğibiyron böldi.

Dildora Xadiça bilan sira kelişa olmagani sababli uni körarga közi, otarga öqi yöq edi. Ular bir-ikki bor janjallaşgan, örtadagi mojaro hatto sudgaça yetib borgandi. Öşanda Dildora qöşni ayoldan uzr söraşga majbur bölgan, şundan söng ularning işi yaraşuv bilan yakunlangan edi. Şu sababli qanday qilib bölsa ham alamini olişga harakat qilib yurgan Dildora uçun bu ayni muddao böldi.

Pastda xuş-xandon gaplaşib turgan qöşnilar Dildoraning baqirganiga e'tibor berişmadi.

- Ovoz Dildoraning uyidan kelyaptimi? Yana bolalarini urişayotgandir-da. Qaçon qarama, ahvol şu. Qöşnilariga ham tinçlik bermaydi. Hali uni bilan tortişgan, hali bunisi bilan.

- Ha, töğri aytasiz, Xadiça. Bundaylar bilan tortişib ötirmagan ma'qul. Hozir pastga tuşib bir baloni boşlab ötirmasin yana, yuring, uyga kira qolaylik, - deya qöşni ayollar örnilaridan turişgan ham ediki, yölakda Dildora körindi. Qölida uyali telefon.

- Nima qilyapsan? Ol telefoningni! Men senga gapiryapman! – Xadiça şunday dedi-yu, ularni videotasvirga olayotgan Dildorani çetga itardi. Şunda Dildora Xadiçaning qölini qayirib, yuzi va yelkalarini tirnab taşladi. Bu ham senga kam degandek, uning oyoğiga bor kuçi bilan tepdi. Qöşni ayol ularni ajratişga harakat qilib, Dildoraning qölidan uşlab tortgan edi, u Xadiçani itarib yubordi va uyiga kirib ketdi.

- Xadiça tuzukmisiz? Jarohatlanmadingizmi? Yuring, uyingizga olib kirib qöyamiz. Bundan har narsani kutiş mumkin.

Şundan söng hamma uyiga kirib ketdi. Alamidan çiqa olmagan Dildoraning esa fiğoni falakka örladi. Qanday qilib bölmasin, öç olgisi keldi. Öylay-öylay qöliga bolta olib pastga tuşdi. Uy oldida heç kim yöq edi. Bundan unumli foydalanmoqçi bölgan Dildora Xadiçaning maşinasi tomon yöl oldi.