AQŞda gripp epidemiyasi tufayli birdaniga 11 ştatdagi maktablarda maşğulotlar bekor qilindi. Bu haqda FoxNews xabar bermoqda.

Maktablar Aydaxo, Alabama, Illinoys, Kentukki, Miçigan, Missuri, Oklaxoma, Şimoliy Karolina, Tennessi, Texas va Floridada yopildi.
USA Today telekanali ma'lumotlariga köra, AQŞda mavsum boşidan beri gripp tufayli voyaga yetmagan 37 şaxs hayotdan köz yumdi. Kasallikning mavsumiy avj olişi 50 ştatdan 49 tasida qayd etilgan. FoxNews xabariga köra, ölim holatining köpligiga şu narsa sababki, Qöşma Ştatlarda bu mavsumda AH3N2 gripp ştammi keng tarqaldi, u bolalar va 65 yoşdan katta bölgan insonlar uçun juda xavflidir.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va ogohlantiriş böyiça markazidan xabar berişlariça, mamlakatdagi gripp epidemiyasi pandemiyaga aylanib ketişi xavfi bor.











