Ekspertlar yangi modeldagi iPhone smartfonlarining taxminiy çiqariliş muddati böyiça ma'lumot berişdi. Tahlilçilarning fikriça, keyingi iPhone X flagmani 2020 yildan avval paydo bölmaydi.
Mutaxassislar KGI Securities kompaniyasi tahlilçisi Ming-Çi Kuo bayonotlariga asosan şunday taxminni ilgari surişdi. Kuoning fikriça, iPhone X’ni işlab çiqarilişi 2018 yil örtalarida töxtaydi. Mutaxassisning sözlariga köra, bu vaqtga kelib yetkazib beriş böyiça umumiy hajm 62 milliontaga yetadi. Şunga qaramay, smartfon 2019 yilda ham talabgir böladi.
Ekspertlarning taxminiça, iPhone X smartfonlarning yangi davriga qadam qöyiş uçun öziga xos texnologik poğona sanalib, u 2020 yilda boşlanişi mumkin. Bu vaqtga qadar Apple kompaniyasi mutaxassislari hozirgi devayslarning modifikatsiyasi bilan şuğullanişadi. Xususan, faqat korpus rangi, xotira hajmi va smartfon iş darajasi uçun qöllaniluvçi «temir» özgartiriladi.

















